iOS dasturchi bo’lish uchun qo’llanma

Search for a command to run...

No comments yet. Be the first to comment.
In this article I will tell you how I improved my workspace in 12 iterations and how it affected my life. During improvement I followed ergonomics best practices. TL;DR — key learnings Create comfort — your neck, back, hands and legs should feel com...

In October 2020 I successfully completed all interview steps at Uber and Reddit and landed a job offer at both companies. In this article I will explain how I compared two companies and why I chose Uber. Job offer — offer one receives after passing ...

Lavhani o’zbek tilida o’qish. В Январе 2020 года я прошёл собеседование с Amazon на позицию iOS разработчика. Контакт с рекрутером. В Ноябре 2019 года я получил сообщение в LinkedIn от рекрутера: “Ты крутой… мы крутые… Идём работать в Audible…”. Aud...

Ushbu lavhada junior (kichik) iOS dasturchi bo’lish uchun nimalarni o’rganish kerakligi haqida yozilgan. Qo’llanmani ishlatish uchun siz ingliz yoki rus tilini bilishingiz kerak. Agar bu tillarni bilmasangiz, avval ingliz tilini o’rganishni maslahat beraman.
Photo from developer.apple.com
iOS dasturlar yaratish uchun Swift ishlatiladi.
Agar siz dasturlashga yangi bo’lsangiz, unda Swift playgrounds orqali Swift’ni o’rganing. Ushbu dastur Mac yoki iPad talab qiladi.
Agar siz dasturlashni bilsangiz, unda dokumentatsiya orqali o’rganish tezroq bo’lishi mumkin. O’zim ham dokumentatsiya orqali o’rganganman.
Objective-C ni ham o’rganishim kerakmi? Yo’q. Hozir Objective-C deyarli ishlatilmaydi. Uni o’rganmasangiz bo’ladi.
iOS dasturlashni o’rganish uchun zo’r kurs bu Stanford CS193P. Bu Stanford universitetida o’tiladigan ochiq kurs ma’ruzalari. U yerda uy vazifalari ham beriladi. Barchasini yechib chiqishni maslahat beraman. Men va ustozlarim ushbu kursni o’tib chiqganmiz.
Agar ingliz tilini bilmasangiz, lekin rus tilini tushunsangiz unda swiftbook kursini maslahat beraman.
Kurs bitirgandan so’ng kichik dasturlar yarating. Darsliklar orqali dastur yaratish oson. Bor yo’g’i ko’rsatilgan narsani qaytarasiz va miyani uncha ishlatmaysiz. Darsliklarsiz dastur yaratish qiyinroq.
Kichik dasturlarni o’zingiz yaratganingizda 90% ko’proq narsa o’rganasiz. Qo’lingiz kelishadi va o’zingizga bo’lgan ishonch oshadi.
Qanday dastur yaratish haqida g’oyalarni bu yerdan topsangiz bo’ladi. O’zingiz nima dastur yaratishni o’ylab topsangiz bundan ham zo’r! Men bir paytlar zaldagi mashqlarni qayd etish uchun dastur yozganman.
Shaxsiy loyihalar qilish bilan barobar ish izlang. Stajirovka yoki Junior iOS dasturchi lavozimlariga topshiring.
Birinchi ishingizda maqsadingiz tajriba ortirish bo’lishi kerak. Kamroq pul to’lasa ham mayli. Men Super Dispatch’da 6 oy tekinga stajirovka qilganman.
Ishga topshirganda sizdan portfolio va rezyume so’rashadi. Portfolio bu siz yaratgan dasturlar. Portfolio yasab olish uchun shaxsiy loyihalar qilish yordam beradi.
Rezyume tayyorlash uchun Azimjon ushbu o’zbekcha maqolani yozgan. Ingliz tilini biladiganlarga ushbu lavha va men yozgan qo’llanmani maslahat beraman.
Tamom.
Maqolaning qoramalarini o’qib chiqqani uchun Azimjon Po’latov, Azizbek Matchanov, Muslimbek Abduganiyev, Nuruddin Iminohunov va Ummatoy Yuldasheva ga rahmat!
Yangi postlar @TenxEngineer telegram kanalida e’lon qilinadi!
Savollaringiz bormi? Kelasi maqola uchun taklif bermoqchimisiz?
Taklif va savollarni darkhonbek.interview@gmail.com ga yozing!